Alma materimda yangi kurs

 

O’zbekistonda bundan 10-15 yil oldin mediasavodxonlik haqida gap ketganda ko’pchilik “bu jurnalistlarning muammosi”, – degan edi.

 

Lekin erkin va axborotlashgan jamiyat qurar ekanmiz, endilikda “bu butun bir jamiyat muammosi ekan”, – degan xulosaga kelinyapti va bu to’g’ri xulosa.

 

Natijada ikki yil oldin nafaqat jurnalistika fakultetlarida balki respublikadagi barcha universitetlar o’quv dasturiga mediasavodxonlik kurslarini kiritish tavsiya etildi.

 

Usbu kurs davomida talabalar feyk xabarlar, dezinformatsiya, axborot gigiyenasi kabi dolzarb muammolar to’g’risida kerakli bilimga va faktcheking borasida amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

 

Bugungi kunda Internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan samarali foydalanish, yosh avlodga media maydondagi turli provokatsiyalar va feyklardan o’zalrini mustaqil ravishda himoya qilishni o’rgatish eng dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.

 

Shunday bo’lsa-da, yuqoridagi tavsiyani hamma ham birdek qabul qilmadi.

 

Ba’zilar bu yo’nalishda o’qituvchi yo’qligini aytsa, ba’zilar bu fanning umuman kerak yoki kerak emasligini hanuzgacha muhokama qilib o’tirishibdi.

 

O’z vaqtida kamina tahsil olgan va bu bilan doimo g’ururlanib yuradigan O’zbekiston Milliy universiteti esa bu boarada ham faollik ko’rsatdi.

 

Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun “Media va axborot savodxonligi” nomli yangi o’quv kursini ishlab chiqildi va shu semestrda uni o’quv jarayoniga joriy etish boshlandi.

 

Mazkur kurs dasturini ko’p yillik ilimiy-pedagogik tajribaga ega bo’lgan olim Farhod Babashev boshchiligidagi o’qituvchilalar guruhi ishlab chiqdilar.

 

Bugun ana shu kurs doirasida dastlabki masg’ulotlar o’tkazildi. Unda biz mehmon spiker sifatida maruza o’qidik.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning may oyida mediasavodxonlik mavzusida O’zMUda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman ham tashkil qilinadi.

 

Ustozlarga “boshlayotgan ishlaringiz baroridan kelsin!”, – deymiz.

 

Beruniy Alimov

25.01.2024.

 

 

 

Ustozlarga “Boshlayotgan ishlaringiz baroridan kelsin!”, – deymiz.