Bugungi axborot globallashuvi davrida media makondagi milliy manfaatlarni himoyalash maqsadida mamlakat media imijini yuksaltirish koʼp jihatdan ommaviy axborot vositalariga bogʼliq. Ushbu uslubiy qoʼllanmada media makonda milliy manfaatlarning mazmun-mohiyati, ularning dolzarbligi, nazariy-kognitiv tamoyillari, bu borada milliy jurnalistikaning tutgan oʼrni va ushbu jarayonda xolislik meʼyorlarini bilish kabi muhim masalalar yoritilgan. Oʼquv qoʼllanmadan jurnalistika yoʼnalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, soha tadqiqotchilari va ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:
Filologiya fanlari doktori, professor Х.Do’stmuhammad
Filologiya fanlari doktori, dotsent A.Karimov
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqarojurnalistika fakulteti Kengashining 2024-yil 11oktabrdagi 3-sonli yigʼilish bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
Uslubiy qo’llanmaning elektron shakli bilan tanishing:
© B.ALIMOV, 2024
© O’ZDJTU, 2024