Amerikalik ilmiy rahbarim O’zbekistonda

Bundan 6 yil oldun, ya’ni 2019-yil professor Jhang Juyan rahbarligi ostida San Antoniodagi Texas Universitetida taqdidot olib borgandim. 

Kechagidek eslayman. Aynan o’sha davrda dissertatsiyamning kattagina qismini yozib tugatdim.

Shuningdek, San Antoniodagi Rivard Report internet nashri tahririyatida malaka ham oshirdim.

Eng muhimi shundaki, ustozning shaxsiy yordami tufayli nufuzli Texas universitetning kommunikatsiya fakultetidagi ilmiy jarayaonlar bilan yaqindan tanishdim.

Shuningdek, talabalar uchun o’quv mashg’ulotlarida ham qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldim.

Mana oradan 6 yil vaqt o’tgan bo’lsa-da, professor hozirgacha kaminadan o’z maslahatlarini ayamaydi.

Bekitmayman, bir kunmas bir kun professor Juyan Toshkentga keladi, deb hecham o’ylamagandim.

Va nihoyat, domlam bilan yana bir bor ko’rishdik va chin dildan suhbatlashdik.

Nafaqat ilmiy va pedagogik ishlarimiz haqida, balki hozirgi muhim o’zgarishlar, turli madaniyatlarning o’ziga xosliklari, sayyohlik va umuman hayot falsafasi haqida batafsil fikr almashdik.

To’grisi, olimning suhbatiga umuman to’ymadim. 

Nasib qilsa, qachondir dunyoning yana bir boshqa nuqtasida ko’rishib qolarmiz, degan umiddaman.

B.A.

27.05.2025