O’zbek jurnalistikasi antologiyasi

150 yillik tarixga ega O’zbek jurnalistikasining ilk antologiyasi chop etildi.

Ikki jilddan iborat ushbu kitob o’zbek jurnalistikasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, bugungi kundagi takomili to’g’risida keng ma’lumot beradigan manba bo lish bilan birga, unga turli davrlardagi mahoratli va fidoyi qalam sohiblari hayoti va ijodiy faoliyati haqida qisqacha axborot, shuningdek, matbuotimiz zahmatkashlarining eng yaxshi jurnalistik materiallari kiritilgan.

📚 Jami 9ta yo‘nalishda yozilgan bu kitobning alohida bo‘limi Mustaqillik yillaridagi o‘zbek internet jurnalistikasiga bag‘ishlangan.

 

 

 

 

 

🔗 Bu bo‘limda soha rivoji, ilk bloglar, internet-nashrlar, yosh onlayn jurnalistlar haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Kitob ommaviy axborot vositalari xodimlari, shu yo’nalishda tahsil olayotgan tala-ba-yoshlar va keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.