Yaqinda Moskvada nashr etilgan Zamonaviy o’zbek she’riyati antologiyasi da she’rlarimiz A.Romanovskiy tarjimasi ostida e’lon qilinibdi.
Katta shoirlikka da’vogar bo’lmasak-da, ayni voqea kamina uchun qariyb 40 yillik orzularimizdan birining amalga oshgani bilan barobar.
Shu paytgacha she’rlarimiz Bog’ot tumanining kichik bir gazetasida, nufuzli “Sharq yulduzi” jurnalida, ko’pchilikka tanish “Turkiston”da, respublika radio va telekanallarida chiqqan.
Shuningdek, qator to’plamlarga kiritilgan. Hatto “Meniki bo’lasanmi?” nomi bilan elektron kitob shaklida ham dunyo yuzini ko’rgan.
Xalqaro darajadagi yangi unikal loyihada ishtirok etish imkoniyati uchun ustozim Fahriddin aka Nizomovga samimiy minnatdorlik bildiraman!
27.05.2025