KO’P UCHADIGANLAR UCHUN 10TA LAYFHAK

  1. Boradigan yangi mamlakatingiz haqida YouTubedagi lavhalarni ko’ring. Ayniqsa u yerdagi tabiat, ayni paytdagi ob-havo, mamlakat pul birligi, USD ga nisbatan hozirgi kurs, muomala uchun kerak bo’ladigan asosiy tillar va hk.lardan xabaringiz bo’lsin.

 

  1. Uyingizdan chiqib ketishdan oldin xo’rjinda quyidagilar borligini yana bir marta tekshiring:
  • qizil ya’ni xorijiy passport va har ehtimolga qarshi mahalliy – yashil passport, originali va telefoningizga saqlangan elektron nusxasi ham kerak bo’lishi mumkin;
  • asosiy viza, transfer viza, boshqa sertifikatlar muddatlarini yana bir marta tekshirib oling;
  • aviabiletlarning elektron va qog’oz variantlari qo’lingizda bo’lgani ma’qul;
  • yo’lini qila olsangiz – aeroportga borishdan oldin samolyot salonida o’tiradigan aniq joyingizni oldindan bron qilib qo’ying. Masalan menga oyna tegidan ko’ra proxodnoy ma’qulroq, sababini bilasiz;
  • agar dori ichayotgan bo’lsangiz unutmang – korobkasi, ichidagi tafsilot yozuvlari bilan, bojxonachilar so’rashi mumkin;
  • mabodo qon bosimi bo’lsa, uni o’lchab turadigan asbob ham kerak;
  • samolyot uchayotganda va qo’nayotganda diqqat bo’lmaslik uchun fotiha surasini o’qing, tinchlantiradi;
  • bu jarayonda shuningdek, yalpizli so’roq qand yoki oddiy saqich ham yaxshi yordam beradi.

 

  1. Kiyim masalasi ham muhim. Biz O’zbekistonda katta bo’lganlar haqiqiy 4ta faslni bolalikdan ko’rgnamiz. Shu sababdan sal yengilroq kiyinsak ham bo’laveradi.
  • bilasiz, samolyot ichi asosan uydagidek iliq bo’ladi. Agar siz uchun biroz sovuq bo’lsa, plet so’rab olishdan uyalmang.
  • 5 kilolik kurtka/paltolarda also yo’lga chiqmang, vaziyatga qarab nisbatan yengilroq kiyinishga harakat qiling;
  • aksariyat tekshiruv zonalarida oyoq va ustki kiyimlarni xavsizlik uchun yechish kerak bo’ladi;
  • noutbukni ryukzakdan chiqarib alohida qo’yisni so’rashadi. Ba’zi joylarda noutbuk, fotoapparat, videokamera va hatto ruchka, qolaverda aqilli soat kabilarni yoqib, ishlatib ko’rsatishingizni ham so’rab qolishadi. Sababini eshitgansiz;
  • tekshiruv apparatidan o’zingizni otkazib turib, ba’zan paypaslab ham ko’rishadi;
  • safarga hech qachon yangi tufli kiymang, qiynalasiz. Eshitgan bo’lsangiz kerak, Britaniya qirolichasining yonida har doim olgan yangi oyoq kiyimini kiyib, sal eskirtirib beradigan yordamchisi bo’lgan. Bu bejizga emas.
  • siz agar 4-5 soatdan uzoqroq yo’lga chiqayotgan bo’sangiz o’zingizga yoqadigan maxsus sayohat yostiqchasini olishga erinmang.

 

  1. Aeroportga imkon qadar vaqtliroq boring.
  • mahalliy reyslarga 2 soat, xalqaroga 3 soat oldin. Tirab borgandan ko’ra ancha yaxshi.
  • vaziyat har xil bo’lishi mumkin.
  • siz naqadar muhim yo’lovchi ekanligingizni aksariyat aviakompaniyalar bilmaydi.

 

  1. Xurjuningizda yana quyidagilar bo’lgani ma’qul:
  • telefon, noutbuk, USB kabel;
  • powerbankni chemodanga solmang, yoningizda tursin;
  • ruchka;
  • ko’zoynak;
  • gigiena narsalari, salfetka.

 

  1. Aeroprtlarda xushmuomala bo’ling. Chunki sizdan bo’shqa stressda yurganllar juda ko’p bo’ladi. O’zingizga olmang.
  • iloji boricha hech kim bilan yaqindan gaplashmang;
  • birov yalinsa-da qo’lidan pochta olmang;
  • yaxsilik qilaman deb, chegaradan o’tkazib berish uchun begonaning yukiga umuman yaqinlashmang;
  • bilet registratsiyasi, passport nazorati va xavsizlik tekshiruvidan kompyuterli joylardan o’tishga harakat qiling, inson faktoridan iloji boricha qoching;
  • yakuniy manzilga borish uchun orada biron bir boshqa xalraro habda transfer qilish kerak bo’lsa, ulanuvchi reyslaringiz vaqtiga diqqatli bo’ling;
  • har qanday navbatga turishdan oldin chaproqqa yuring, chunki yo’lovchilarning aksariyati chapaqay emas, ular o’ng tomonda ko’proq to’planib olishadi. Shu sabab siz chaproqda turishga harakat qiling. Natijada nisbatan tezroq o’tib ketish mumkin bo’ladi;
  • transfer zonalardan o’tishdan oldin qo’lingizda suv yoki boshqa ichimlik bo’lsa, uni oxirigacha ichib qo’ying, baribir o’tkazishmaysdi.

 

  1. Samolyotda uchish jarayonida dam olishga, o’zingizni bo’sh tutishga harakat qiling;
  • kitob o’qing;
  • oldingizdagi monitorda kino yoki konsert ko’ring;
  • ko’proq suyuqlik iching, tomat sharbati yaxshi ketadi;
  • Turkishda uchayotgan bo’lsangiz ayron so’rang;
  • mazza qilib taomlaning, dietani o’ylamang;
  • yoningizdagi odamlarga umuman e’tibor bermang;
  • imkon qadar uxlashga harakat qiling;
  • tushuning, yo’lda yaxshi dam olib borish ertangi kuningiz samaradorligini ta’minlaydi, jet-leg odatdagidan tezroq o’tib ketadi.

 

  1. Aroportlardagi imkoniyatlardan maksimal foydalaning.
  • Duty free do’konlarini aylaning. Sifatli va ba’zan arzon narsalar uchraydi;
  • Golden Visa kartalar egalari uchun ayrim aeportlarda VIP zallardan bepul foydalanish imkoniyati bor, hatto o’zingiz bilan +1 do’stingizni ham olib kirishingiz mumkin;
  • shuningdek u yerlarda yangi gazetalarni o’qish, yumshoq mebellarda yastanib dam olish, mizg’ib olish, cheksiz W-Fi ga ulanish, bepul ovqatlanish va hatto cho’milib olish imkoniyatlarigacha bor.

 

  1. Boradigan mamlakatingizda mos ravishda:
  • u mamlakatda ishlaydigan taksi ilovasini, masalan – Uber, Bolt, Yandexni telefoningizga oldindan o’rnatib oling;
  • jamoatchilik transporti – metro, poyezd, avtobus va tramvay marshrut xaritasini internetdan qarab, o’zingizga yuklab qo’ying;
  • telefon sim-kartasini ham oldindan surishtiring;

 

  1. Pul masalasi. USD, veyro yoki mahalliy pul birligini kartadan tashqari naqdda ham ovoling. Chunki eng rivojlangan davlatlarda ham naqd pulning qadri ancha baland hisoblanadai.

 

PS

Ishoning, safarga qancha puxta tayyorgarlik ko’sangiz shuncha o’zingizga foyda.

 

Bon vovage!

B.A.

11.11.2023