TURIZM ORQALI MAMLAKAT IMIJINING RIVOJLANGANLIK DARAJASINI BAHOLAŞ: KONSEPTUAL ASOSLAR VA INDIKATORLAR TIZIMI (ÖZBEKISTON MISOLIDA)

Annotatsiya. Maqolada turizm mamlakat imijini baholaşning eng köp qöllaniladigan, ammo uslubiy jihatdan yetarli asoslanmagan yönalişlaridan biri sifatida tahlil qilinadi. Muallif sayyohlar oqimining miqdoriy ösişi mamlakat imijining sifat jihatdan rivojlanganini avtomatik ravişda anglatmasligini asoslaydi. Xorijiy va mahalliy tadqiqotlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, rasmiy statistika va xorijiy travel naşrlaridagi materiallar asosida turistik imijning kognitiv, affektiv va konativ tarkibiy qismlari ajratiladi. Şu asosda beş blokdan iborat «Turistik imij rivojlanganlik indeksi» konseptual modeli taklif etiladi. U sayyohlar soni, taassurot, media ohangi, xizmat sifati va xalqaro reytinglarni alohida, ammo özaro boğliq indikatorlar sifatida baholaş imkonini beradi.

Kalit sözlar: turistik imij, mamlakat imiji, manzil imiji, milliy brend, travel jurnalistika, media ohangi, indikatorlar tizimi, sayyoh tajribasi, Özbekiston.

Аннотация. В статье туризм рассматривается как одно из наиболее востребованных, но методологически недостаточно обоснованных направлений оценки имиджа страны. Автор доказывает, что количественный рост туристического потока сам по себе не свидетельствует о качественном развитии имиджа государства. На основе зарубежных и отечественных исследований, нормативных правовых актов, официальной статистики и публикаций зарубежных travel-изданий выделены когнитивная, аффективная и конативная составляющие туристического имиджа. Предложена концептуальная модель «Индекса развитости туристического имиджа», состоящая из пяти блоков и позволяющая оценивать число туристов, впечатления, тональность медиа, качество услуг и международные рейтинги как самостоятельные, но взаимосвязанные индикаторы.

Ключевые слова: туристический имидж, имидж страны, имидж дестинации, национальный бренд, travel-журналистика, тональность медиа, система индикаторов, опыт туриста, Узбекистан.

Abstract. The article examines tourism as one of the most widely used yet methodologically underdeveloped dimensions for assessing a country’s image. The author argues that quantitative growth in tourist arrivals does not in itself indicate a qualitative improvement of the national image. Drawing on international and national research, legal acts, official statistics and coverage in foreign travel media, the study distinguishes the cognitive, affective and conative components of tourism image. On this basis, it proposes a five-block conceptual model, the “Tourism Image Development Index”, which treats arrivals, visitor impressions, media tone, service quality and international rankings as separate yet interrelated indicators.

Keywords: tourism image, country image, destination image, nation brand, travel journalism, media tone, indicator system, visitor experience, Uzbekistan.

 

Globallaşuv şaroitida mamlakat imiji davlatning xalqaro raqobatbardoşligini belgilovçi nomoddiy resurslardan biriga aylandi. J.Nay «yumşoq kuç» deb atagan jozibadorlik salohiyati [13] bugungi kunda investitsiya, eksport, ta’lim va, ayniqsa, turizm sohalarida bevosita iqtisodiy natijaga aylanmoqda. S.Anxolt mamlakat brendini eksport, davlat boşqaruvi, madaniyat va meros, aholi, turizm hamda investitsiya va immigratsiya kabi olti yönalişda namoyon böladigan «raqobatbardoş öziga xoslik» sifatida talqin etadi [4; 10]. Uşbu olti yönaliş içida turizm alohida örin tutadi: u xorijlikni mamlakat bilan bevosita, şaxsiy tajriba darajasida uçraştiradigan deyarli yagona kanaldir.

Britaniyalik tadqiqotçi Ş.Akinerning ta’kidlaşiça, turizm milliy imijni rivojlantiriş mumkin bölgan tarmoqlardan biri hisoblanadi, çunki u xorijliklarni mahalliy aholi bilan töğridan-töğri aloqaga kiritadi va natijada sayyohlar ongida taşrif buyurgan jamiyat haqida şaxsiy taassurot şakllanadi [3]. Boşqaça aytganda, turizm imijning kognitiv tabiatiga bevosita ta’sir körsatadi: media orqali şakllangan tasavvur sayyohning şaxsiy tajribasi bilan sinovdan ötadi, tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.

Özbekistonda sönggi yillarda turizm davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2018 yilda mamlakatga 5 milliondan ziyod xorijiy sayyoh taşrif buyurgan bölsa, Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra 2025 yilda bu körsatkiç 11,7 mln kişiga yetgan va 2024 yilga nisbatan 46,8 foizga ösgan [3]. Prezidentning 2025 yil 19 noyabrdagi PQ-348-son qarori bilan 2030 yilgaça yillik xorijiy sayyohlar sonini 20 mln ga, sohaning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 7 foizga yetkaziş maqsadi belgilandi [3]. Vizasiz rejim 86 davlat fuqarolariga tatbiq etilgan bölib, 2026 yil 1 yanvardan AQŞ fuqarolari uçun ham 30 kunlik vizasiz tartib joriy qilindi.

Biroq bu raqamlar bir muhim uslubiy savolni oçiq qoldiradi: sayyohlar sonining ösişi mamlakat imijining rivojlanganini anglatadimi? Amaliyotda imijni baholaş köpinça sayyohlar soni yoki xalqaro reytingdagi örin kabi bitta-ikkita körsatkiç bilan çeklanadi. Holbuki, oqim vizaviy liberallaştiriş, narx omili, qöşni mamlakatlardan qarindoşlik va savdo maqsadidagi taşriflar hisobiga ham ortişi mumkin; bu esa mamlakat haqidagi tasavvurning çuqurlaşganini hali isbotlamaydi. Mazkur nomuvofiqlik maqolaning ilmiy muammosini taşkil etadi.

Tadqiqotning maqsadi – turizm sohasi orqali mamlakat imijining rivojlanganlik darajasini baholaşning konseptual asoslarini aniqlaş va Özbekiston şaroitiga mos indikatorlar tizimini taklif etişdan iborat. Şu maqsaddan kelib çiqib quyidagi vazifalar qöyildi: destinatsiya imijiga oid asosiy nazariy yondaşuvlarni umumlaştiriş; turizm körsatkiçlarini imij körsatkiçi sifatida talqin qilişdagi çeklovlarni aniqlaş; turistik imijni köp ölçovli baholaş modelini işlab çiqiş; model asosida Özbekistonning turistik imijini sifat jihatdan tahlil qiliş va amaliy tavsiyalar beriş.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Destinatsiya imiji turizm tadqiqotlarida XX asrning 70-yillaridan buyon mustaqil ilmiy yönaliş sifatida örganilmoqda. J.Kromton destinatsiya imijini şaxsning muayyan hudud haqidagi e’tiqodlari, ğoyalari va taassurotlari yiğindisi sifatida ta’riflagan [6]. Bu ta’rif keyingi tadqiqotlar uçun tayanç bölib xizmat qildi, çunki u imijni obyektiv xususiyatlar emas, balki auditoriya ongidagi konstruksiya sifatida talqin etadi. Nemis olimi M.Kunçik ham mamlakat imijini aynan şu nuqtai nazardan körib çiqadi: xorijiy auditoriyaning aksariyati boşqa mamlakat haqida bevosita tajribaga ega emas, şu bois uning tasavvurlari asosan ommaviy axborot vositalari orqali şakllanadi [11].

Ç.Ekhtner va J.Riçi destinatsiya imijini ölçaş muammosiga bağişlangan tadqiqotida imijning uç ölçovli tuzilmasini taklif etdi: atributlarga asoslangan va yaxlit (holistik) tasavvur; funksional (ölçanadigan) va psixologik (mavhum) xususiyatlar; umumiy va noyob belgilar [7]. Mualliflarning asosiy xulosasi şundaki, faqat standart sörovnomalar bilan çeklangan baholaş imijning yaxlit va noyob qatlamlarini qamrab ololmaydi, şuning uçun miqdoriy va sifat usullarini uyğunlaştiriş zarur.

U.Gartner imij şakllanişi jarayonini sayyohga ta’sir etuvçi axborot manbalari – «agentlar» orqali tuşuntiradi [8]. Uning tipologiyasida oçiq rağbatlantiruvçi manbalar (an’anaviy reklama, turoperator materiallari), yaşirin rağbatlantiruvçi manbalar (taniqli şaxslar iştirokidagi materiallar, press-turlar natijasidagi naşrlar), avtonom manbalar (mustaqil yangiliklar, hujjatli filmlar, maqolalar) va organik manbalar (döstlar, oila a’zolari, şaxsiy tajriba) farqlanadi. Muhimi, avtonom va organik manbalar işonçliligi yuqori bölgani uçun imijga eng kuçli ta’sir körsatadi. Bu jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlarning turistik imijdagi rolini nazariy jihatdan asoslaydi.

S.Baloğlu va K.Makklirining modeli turizm tadqiqotlarida keng qöllaniladi [5]. Unga köra, destinatsiya imiji kognitiv (hudud xususiyatlari haqidagi bilim va e’tiqodlar), affektiv (hududga nisbatan his-tuyğular) va ular asosida şakllanadigan umumiy imijdan iborat. Keyingi tadqiqotlarda unga konativ – xulq-atvor qatlami, ya’ni taşrif buyuriş, qayta keliş va tavsiya etiş niyati qöşildi. M.Gallarsa va hammualliflar destinatsiya imijiga oid tadqiqotlarni umumlaştirib, uni murakkab, köp ölçovli, nisbiy va dinamik hodisa sifatida tavsiflaydi [9]. Bizningça, aynan «nisbiy» va «dinamik» xususiyatlar imijni bitta körsatkiç bilan baholaşning nega yetarli emasligini tuşuntiradi.

Hudud marketingi va brendingi nuqtai nazaridan F.Kotler, D.Xayder va I.Reyn hududlarni investitsiya, sanoat va turizmni jalb etiş uçun raqobatlaşuvçi «mahsulot» sifatida körib çiqadi [12]. S.Payk destinatsiya marketingini integratsiyalaşgan marketing kommunikatsiyalari tizimi sifatida tahlil qiladi [15], N.Morgan, A.Pritçard va R.Prayd esa destinatsiya brendingida noyob taklifni şakllantiriş masalasini yoritadi [14]. Uşbu işlarda imijni boşqariş faqat kommunikatsiya emas, balki mahsulot, xizmat sifati va infratuzilmani uyğun rivojlantirişni talab qilişi ta’kidlanadi. S.Anxoltning milliy brend tarkibida muvofiqlaştiriş işlari 80 foiz, kommunikatsiya 15 foiz va qolgan 5 foiz ta’sirlanişdan iborat ekani haqidagi fikri [3] ham şu xulosani tasdiqlaydi.

Mahalliy ilmiy adabiyotlarda mamlakat imiji asosan jurnalistika, xalqaro munosabatlar va siyosatşunoslik doirasida örganilgan. Muallifning «Media makonda Özbekiston imiji» darsligida turizm mamlakat imijini baholaş yönalişlaridan biri sifatida tahlil qilingan, xorijiy travel naşrlaridagi freymlar va turistik imijni şakllantiriş bosqiçlari körsatib berilgan [3]. Şu bilan birga, turistik imijning rivojlanganlik darajasini ölçaşga möljallangan yaxlit indikatorlar tizimi Özbekiston misolida hali işlab çiqilmagan. Adabiyotlar tahlili uşbu böşliqni töldiriş zarurligini körsatadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot sifat yondaşuviga asoslangan bölib, unda bir neça usul uyğunlaştirildi. Birinçidan, destinatsiya imiji va mamlakat brendingiga oid xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar qiyosiy-tahliliy usulda örganildi. Ikkinçidan, turizm sohasini tartibga soluvçi me’yoriy-huquqiy hujjatlar – «Turizm töğrisida»gi Qonun [1], Prezidentning PF-5611-son Farmoni [2] va PQ-348-son qarorining darslikda keltirilgan asosiy maqsadlari [3] hujjatlar tahlili usulida körib çiqildi. Uçinçidan, xorijiy OAVda Özbekiston turizmiga bağişlangan namunaviy materiallar (The Telegraph, The Diplomat, «RIA Novosti» va boşqalar) freym tahlili nuqtai nazaridan örganildi. Törtinçidan, rasmiy statistika va oçiq manbalardagi ikkilamçi ma’lumotlar tarixiy kontekstda talqin qilindi.

Indikatorlar tizimini işlab çiqişda konseptual modellaştiriş usulidan foydalanildi. Bunda S.Baloğlu va K.Makklirining kognitiv-affektiv modeli, U.Gartnerning imij şakllantiruvçi agentlar tipologiyasi hamda S.Anxoltning olti yönalişli modeli nazariy asos sifatida olindi. Tadqiqot doirasida birlamçi sörovnoma ötkazilmagan; şu sababli taklif etilayotgan model empirik hisob-kitob emas, balki keyingi tadqiqotlarda sinovdan ötkazilişi lozim bölgan konseptual asos sifatida qaraladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

  1. Turizm mamlakat imijini baholaş kanali sifatida.

Tahlil turizmning mamlakat imijini baholaşdagi ahamiyatini uç omil bilan izohlaş mumkinligini körsatdi. Birinçi omil – bevosita tajriba. Media orqali şakllangan tasavvurdan farqli ravişda, sayyoh mamlakat haqidagi xulosasini şaxsiy kuzatuvi asosida çiqaradi. Uning taassurotiga tabiiy va madaniy meros bilan bir qatorda transport, mehmonxona, xavfsizlik, narxlar şaffofligi, mahalliy aholining mehmondöstligi kabi köplab kundalik omillar ta’sir qiladi.

Ikkinçi omil – organik axborotning köpayiş effekti. Har bir sayyoh vatanga qaytgaç, öz tajribasini döstlari, oila a’zolari va ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasi bilan bölişadi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan 72 davlatdan kelgan 5,7 ming nafar sayyoh örtasida ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, sayyohlarning aksariyati döstlari va oila a’zolari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan maslahatlar asosida Özbekistonga kelişga qaror qilgan; gazeta va jurnallar, televizion hujjatli filmlar va yangiliklar dasturlari ham bu borada muhim örin tutgan [3]. Bu natija U.Gartner nazariyasidagi organik va avtonom manbalarning ustuvorligi haqidagi xulosaga töliq mos keladi.

Uçinçi omil – media freymlaş. Xorijiy OAVda Özbekiston bilan boğliq çiqişlarning sezilarli qismini turizm mavzusidagi materiallar taşkil etadi. Masalan, The Diplomat jurnali vizasiz rejimning 45 davlatga kengaytirilişini Prezident islohotlar dasturidagi viza liberallaştiriş siyosati bilan boğlab yoritgan [3]; The Telegraph gazetasida Özbekiston «siz borib körmagan eng ajoyib mamlakat» sifatida tasvirlangan [3]; «RIA Novosti» esa Rossiyadan kelgan sayyohlar soni 2018 yilda 270 mingdan oşganini qayd etgan [3]. Uşbu materiallarda ikki asosiy freym takrorlanadi: «kaşf etilmagan, qiziqarli hududlarga boy mamlakat» va «oçilayotgan, viza tartibini soddalaştirayotgan davlat». Freymlar ijobiy bölsa-da, ular asosan oçiliş va yangilik ğoyasiga tayanadi. Mamlakatga qiziqiş barqaror bölişi uçun keyingi bosqiçda bu freymlar sifat, xizmat va qayta taşrif mazmuni bilan boyitilişi lozim.

  1. Miqdoriy körsatkiçlarni imij körsatkiçi sifatida talqin qiliş muammosi.

Tahlil sayyohlar sonini imijning yagona yoki asosiy ölçovi sifatida qöllaşda kamida törtta uslubiy çeklov borligini körsatdi.

Birinçidan, taşrif tarkibi bir xil emas. Xalqaro statistikada «xorijiy taşrif buyuruvçi» toifasiga dam oliş maqsadidagi sayyohlar bilan birga qarindoşlarni körgani, iş, savdo yoki tranzit maqsadida kelganlar ham kiradi. Qöşni davlatlardan kelayotgan taşriflar uluşi yuqori bölgan şaroitda umumiy son mamlakatning uzoq xorijdagi imiji haqida yetarli ma’lumot bermaydi.

Ikkinçidan, oqim siyosiy-ma’muriy qarorlarga sezgir. Viza tartibining soddalaştirilişi, yangi aviaqatnovlar yoki valyuta kursi özgarişi qisqa muddatda taşriflar sonini keskin oşirişi mumkin. Bu ösiş imkoniyat yaratilganini körsatadi, ammo imij mazmunining özgarganini emas.

Uçinçidan, statistik metodologiya vaqt ötişi bilan özgaradi. Şuning uçun turli yillar ma’lumotlarini qiyoslaşda ularni öz davri kontekstida talqin qiliş zarur: 2018 yildagi 5 mln va 2025 yildagi 11,7 mln körsatkiçlarini özaro soliştirişda hisob yuritiş tartibi, vizaviy şaroit va taşrif tarkibidagi farqlarni inobatga oliş lozim. Rossiyadan kelgan sayyohlar soni 2018 yildagi 270 mingdan 2025 yilda 984 mingga yetgani [3] ham mutlaq ösiş bilan birga muayyan bozorga boğliqlik masalasini köndalang qöyadi.

Törtinçidan, miqdor sifatni aks ettirmaydi. Sputnik agentligi muxbiri D.Rahmatovaning qayd etişiça, turistlarga e’tibor yaxşilanganiga qaramay, norasmiy taksiçilar, obidalar atrofidagi «biznes» qiluvçilar va bozorlardagi «epçil» sotuvçilar sayyohning vaziyatdan bexabarligidan foydalanib, Özbekiston haqida notöğri taassurot şakllanişiga sabab bölmoqda [3]. Bunday salbiy tajriba sayyohlar soni statistikasida körinmaydi, biroq organik kanallar orqali tez tarqaladi va imijga uzoq muddatli ta’sir körsatadi.

Şunday qilib, turizm statistikasi imijni baholaşda zarur, ammo yetarli bölmagan manbadir. Sayyohlar soni, ularning taassuroti va media ohangi bir-biri bilan boğliq, lekin bir-birini almaştira olmaydigan mustaqil indikatorlar sifatida örganilişi kerak.

  1. «Turistik imij rivojlanganlik indeksi» konseptual modeli.

Yuqoridagi xulosalar asosida turistik imijni beş blok böyiça baholaşni nazarda tutuvçi model taklif etiladi. Model nazariy jihatdan imijning kognitiv, affektiv va konativ qatlamlariga, amaliy jihatdan esa oçiq va muntazam yangilanadigan ma’lumot manbalariga tayanadi (1-jadval).

1-jadval

Turistik imij rivojlanganlik indeksining tarkibi

Blok Asosiy indikatorlar Ma’lumot manbalari
1. Kognitiv imij (xabardorlik va bilim) maqsadli bozorlarda mamlakatni biliş darajasi; mamlakat bilan assotsiatsiyalanadigan obrazlar; onlayn qidiruvlarda qiziqiş dinamikasi xorijiy auditoriya örtasidagi sörovnomalar; qidiruv tizimlari tahlili
2. Affektiv imij (taassurot va munosabat) sayyohlarning qoniqiş darajasi; onlayn şarhlar ohangi; xavfsizlik va mehmondöstlik hissi jönab ketayotgan sayyohlar sörovi; sayohat platformalaridagi şarhlar kontent-tahlili
3. Konativ imij (xulq-atvor) bozorlar kesimida taşriflar soni va tarkibi; örtaça böliş muddati va xarajat; qayta taşrif uluşi; tavsiya etiş niyati rasmiy statistika; çegara va mehmonxona ma’lumotlari; sörovnomalar
4. Media imij xorijiy OAVdagi materiallar hajmi; ijobiy, neytral va salbiy ohang uluşi; yetakçi freymlar; travel naşrlardagi tavsiyalar media monitoring; freym va kontent-tahlil
5. Infratuzilma va xizmat sifati viza tartibi va transport aloqalari; joylaştiriş vositalari sifati; xizmatlar böyiça şikoyatlar; xalqaro turizm reytinglaridagi örin idoraviy hisobotlar; murojaatlar tahlili; xalqaro reytinglar

Modelning amaliy qöllanilişi uç bosqiçni öz içiga oladi. Birinçi bosqiçda har bir indikator böyiça ma’lumotlar yiğiladi va turli ölçov birliklaridagi qiymatlar normallaştiriş orqali yagona 0–100 ballik şkalaga keltiriladi. Ikkinçi bosqiçda bloklarning vazni belgilanadi: dastlabki bosqiçda teng vaznlar qöllanişi, keyinçalik esa ekspert baholaş asosida aniqlaştirilişi mumkin. Uçinçi bosqiçda yakuniy indeks hisoblanib, turistik imijning rivojlanganlik darajasi tört poğona böyiça talqin qilinadi: boşlanğiç (0–39 ball), şakllanayotgan (40–59 ball), barqaror (60–79 ball) va yuqori (80–100 ball). Uşbu çegaralar şartli bölib, empirik sinov natijasida aniqlaştirilişi lozim.

Modelning asosiy afzalligi şundaki, u yakuniy ballning özi bilan çeklanmaydi, balki bloklar örtasidagi nomutanosiblikni körsatadi. Masalan, konativ blok yuqori, affektiv blok esa past bölsa, bu mamlakatga qiziqiş kuçli, ammo tajriba kutilmani oqlamayotganini anglatadi. Aksinça, media imij yuqori, kognitiv blok past bölsa, ijobiy materiallar maqsadli auditoriyaga yetib bormayotganidan dalolat beradi. Şu ma’noda indeks boşqaruv qarorlari uçun diagnostik vosita vazifasini bajaradi.

  1. Özbekistonning turistik imijiga sifat jihatdan baho.

Taklif etilgan model bloklari böyiça mavjud oçiq ma’lumotlarni sifat jihatdan tahlil qiliş quyidagi manzarani beradi. Konativ blokda sezilarli ijobiy dinamika kuzatilmoqda: taşriflar soni yetti yil içida ikki barobardan köproq oşgan, davlat 2030 yilgaça uni yana deyarli ikki baravarga köpaytirişni maqsad qilgan [3]. Infratuzilma va xizmat sifati blokida viza tartibini liberallaştiriş eng kuçli omil bölmoqda. «Turizm töğrisida»gi Qonunning 27-moddasida Milliy turistik brend – turizm sohasidagi tanitiş belgisi va şior tuşunçasining huquqiy maqomi belgilangani [1] imijni boşqarişning institutsional asosini yaratdi.

Media imij blokida xorijiy travel naşrlarning ijobiy tavsiyalari muhim resurs hisoblanadi. «Dunyo» axborot agentligining ma’lumotiga köra, Özbekistonni sayohat yönalişi sifatida National Geographic, Lonely Planet, CNN Travel, Financial Times kabi naşrlar tavsiya etgan [3]. Şu bilan birga, bu materiallar köproq «yangi kaşfiyot» freymiga tayanadi va ular ohangini, hajmini hamda auditoriyaga ta’sirini muntazam ölçaydigan milliy media monitoring tizimi hali şakllanmagan.

Kognitiv va affektiv bloklar eng kam örganilgan qatlamlar bölib qolmoqda. Maqsadli xorijiy bozorlarda Özbekistonni biliş darajasi, mamlakat bilan boğlanadigan obrazlar, jönab ketayotgan sayyohlarning qoniqişi va qayta taşrif niyati haqida muntazam e’lon qilinadigan oçiq ma’lumotlar yetarli emas. Kognitiv qatlamda milliy turistik şiorning ta’sir kuçi ham muhim. Muallifning fikriça, «Tabiiy betakror!» (Naturally irresistible!) şiori «Incredible India» (Hindiston) yoki «Be our guest» (Turkiya) kabi şiorlar bilan soliştirganda xotirada qoliş va kognitiv ta’sir jihatidan zaifroq [3]. Affektiv qatlamda esa norasmiy xizmatlar, narxlar şaffofligi va xizmat madaniyati bilan boğliq muammolar sayyoh tajribasiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.

Demak, Özbekiston turistik imijining hozirgi holati «miqdoriy ösiş ilğor, sifat ölçovlari ortda» degan tavsifga mos keladi. Bu holat imijni boşqarişda e’tiborni sayyohlarni jalb etişdan ularning tajribasini boşqariş va natijalarni ölçaşga köçiriş zarurligini körsatadi.

  1. Amaliy tavsiyalar.

Tahlil natijalari asosida quyidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş maqsadga muvofiq:

– turistik imij monitoringining milliy tizimini joriy etiş va taklif etilgan beş blokli indeksni yillik asosda hisoblab, natijalarni oçiq e’lon qiliş;

– xalqaro aeroportlar va çegara punktlarida jönab ketayotgan sayyohlar örtasida muntazam sörovnoma ötkaziş orqali qoniqiş, qayta taşrif va tavsiya etiş niyati körsatkiçlarini yiğiş;

– xorijiy OAV va sayohat platformalaridagi materiallarni ohang va freymlar böyiça doimiy monitoring qiliş, salbiy signallarga tezkor javob beriş tartibini yölga qöyiş;

– xorijiy jurnalistlar va blogerlar uçun tanişuv press-turlarini tizimli taşkil etiş, ularning natijalarini media imij blokida baholaş;

– jurnalistika ta’limida «travel jurnalistika» yönalişini rivojlantiriş va mintaqaviy brendlar ostida hududlarning öziga xos turistik obrazini şakllantiriş;

– milliy turistik şiorning auditoriyaga ta’sirini maqsadli bozorlarda tadqiq etiş va natijasiga köra uni qayta körib çiqiş;

– imijni boşqarişda idoralararo muvofiqlaştirişni kuçaytiriş, xususan milliy brending böyiça kengaş tuziş masalasini körib çiqiş.

 

XULOSA

Tadqiqot natijalari turizm mamlakat imijini baholaşning muhim, ammo murakkab yönalişi ekanini körsatdi. Turizm xorijlikni mamlakat bilan bevosita uçraştirgani uçun media orqali şakllangan tasavvurni şaxsiy tajriba bilan sinovdan ötkazadi va organik kanallar orqali imijni köpaytiradi. Şu bilan birga, sayyohlar sonining ösişi öz-özidan imijning sifat jihatdan rivojlanganini anglatmaydi: oqim tarkibi, siyosiy-ma’muriy omillar, statistik metodologiya va sayyoh tajribasi sifati miqdoriy körsatkiçni imij körsatkiçi sifatida bevosita talqin qiliş imkonini çeklaydi.

Muallif tomonidan taklif etilgan «Turistik imij rivojlanganlik indeksi» kognitiv, affektiv va konativ imij, media imij hamda infratuzilma va xizmat sifatini alohida, ammo özaro boğliq bloklar sifatida baholaş imkonini beradi. Modelning ilmiy yangiligi şundaki, u yakuniy ball bilan çeklanmasdan, bloklar örtasidagi nomutanosiblikni aniqlaydi va boşqaruv qarorlari uçun diagnostik vosita bölib xizmat qiladi. Özbekiston misolidagi sifat tahlili konativ körsatkiçlarda yuqori dinamika, kognitiv va affektiv qatlamlarda esa ma’lumot yetişmasligi va sifat muammolari mavjudligini körsatdi.

Keyingi tadqiqotlarda modelni maqsadli xorijiy bozorlardagi sörovnomalar, sayohat platformalaridagi şarhlar va xorijiy OAV materiallari asosida empirik sinovdan ötkaziş, indikatorlar vaznini ekspert baholaş yordamida aniqlaştiriş hamda hududlar kesimida turistik imij reytingini işlab çiqiş istiqbolli yönaliş hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Özbekiston Respublikasining «Turizm töğrisida»gi Qonuni (2019 yil 18 iyul, ÖRQ-549). https://lex.uz
  2. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoni. https://lex.uz/docs/4143188
  3. Alimov B. Media makonda Özbekiston imiji: darslik. – Toşkent, ÖzJOKU, 2026.
  4. Anholt S. Competitive Identity: The New Brand Management for Nations, Cities and Regions. – Basingstoke: Palgrave Macmillan, 2007.
  5. Baloglu S., McCleary K.W. A model of destination image formation // Annals of Tourism Research. – 1999. – Vol. 26, No. 4. – P. 868–897.
  6. Crompton J.L. An assessment of the image of Mexico as a vacation destination and the influence of geographical location upon that image // Journal of Travel Research. – 1979. – Vol. 17, No. 4. – P. 18–23.
  7. Echtner C.M., Ritchie J.R.B. The meaning and measurement of destination image // Journal of Tourism Studies. – 1991. – Vol. 2, No. 2. – P. 2–12.
  8. Gartner W.C. Image formation process // Journal of Travel & Tourism Marketing. – 1993. – Vol. 2, No. 2–3. – P. 191–216.
  9. Gallarza M.G., Saura I.G., García H.C. Destination image: towards a conceptual framework // Annals of Tourism Research. – 2002. – Vol. 29, No. 1. – P. 56–78.
  10. Anholt S. Places: Identity, Image and Reputation. – Basingstoke: Palgrave Macmillan, 2010.
  11. Kunczik M. Images of Nations and International Public Relations. – Mahwah, NJ: Lawrence Erlbaum Associates, 1997.
  12. Kotler P., Haider D.H., Rein I. Marketing Places: Attracting Investment, Industry, and Tourism to Cities, States, and Nations. – New York: Free Press, 1993.
  13. Nye J.S. Soft Power: The Means to Success in World Politics. – New York: PublicAffairs, 2004
  14. Morgan N., Pritchard A., Pride R. (eds.) Destination Branding: Creating the Unique Destination Proposition. – Oxford: Butterworth-Heinemann, 2002.
  15. Pike S. Destination Marketing: An Integrated Marketing Communication Approach. – Oxford: Butterworth-Heinemann, 2008.

Chop etilgan manba:

Alimov B. S. Turizm orqali mamlakat imijining rivojlanganlik darajasini baholaş: konseptual asoslar va indikatorlar tizimi (Özbekiston misolida) // SSN 3030-3206 Innovatsiya va taraqqiyot: ilmiy-metodik, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy jurnal. № 11 (46), Urganch innovatsion universiteti, 2026-yil. — B. 368-378.