Baxt degani nima o’zi?

Baxt bu – bir umrlik, samimiy va sadoqatli do’stlaring borligi. 

Baxt bu – turkcha kahvalti bahonasida Toshkent city Mallda ko’rishib, suhbating avjida tushlik vaqti bo’lib qolganini sezmay qolishing.

Baxt bu –  sen bilan bir davrda Milliy universitet va “Axborot”da ulg’aygan, turbulent zamonlarning alg’ov-dag’oviga dosh bergan, hecham sinmagan, aksincha yanada kuchliroq odamga aylangan, mard va jasur qizlarning borligi.

Baxt bu  – medianing sehrli, sinaotli va ba’zan zaharli olamiga hech ikkilanmasdan kirib kelgan, muhimi sohani shunchaki kasb emas, balki o’zining taqdiri deb bilgan, jonkuyar hamkasblaring borligi.

Baxt – bu o’zaro ko’rishmaganinga qariyb bir asr bo’lsa-da, senga doimo yaxshilk sog’inadigan, Misrga ish bilan birrov borib, qaytishda senga fil ko’tarib keladigan zamondoshlaring borligi…

16.08.2024