Abu Rayhon Beruniyning G‘aznadagi muborak qabrini ziyorat qildik

Jahon ilm-fani taraqqiyotiga mislsiz hissa qo‘shgan buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning G‘azna shahridagi muborak qabrini ziyorat qildik.

Bu maskanda turib, butun umrini ilm va haqiqat izlashga bag‘ishlagan ulug‘ allomaning ruhi oldida bosh egasiz. Beruniy merosi bugun ham insoniyat tafakkurini yoritishda davom etmoqda.

Ming afsuski, buyuk ajdodimizning qabri va uning atrofi yetarli darajada parvarish qilinmagan. Maskanda tozalik va obodonlashtirish ishlari ko‘ngildagidek emas.

Jahon ilm-fani tarixida o‘chmas iz qoldirgan alloma xotirasiga munosib ehtirom, avvalo, uning qadamjosiga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘lishi kerak.

 

Talabalarimga doim bitta gapni aytaman: Beruniydek bo‘lishga intiling.

 

Bundan ming yil avval u to‘qqiz tilni mukammal bilgan, ilm yo‘lida chegara bilmagan va insoniyat tafakkurini o‘zgartirgan olamshumul kashfiyotlarga muallif bo‘lgan.

 

Beruniy bizga shuni isbotlab ketdiki, buyuklik nasabda emas, ilmga bo‘lgan cheksiz tashnalik va tinimsiz mehnatda.