Fan javonlarda chang bosib yotishi uchun emas, jamiyatni o‘zgartirish uchun yaratiladi.

2026 yil, 29-iyul kuni Kobuldagi Salom universiteti yosh olimlari uchun fan kommunikatsiyasi mavzusida ma’ruza qildim. Suhbat davomida bitta muhim fikr ustida to‘xtaldik: ilmiy maqola yoki dissertatsiya himoya bilan tugamasligi kerak.
Olimning vazifasi nafaqat yangi bilim yaratish, balki uni odamlarga tushunarli tilda yetkazish, jamiyat manfaatiga xizmat qildirishdir.

Bugun dunyoda eng kuchli olimlar faqat laboratoriyada ishlayotganlar emas, balki o‘z ilmiy natijalarini siyosiy qaror qabul qiluvchilarga, tadbirkorlarga va keng jamoatchilikka tushuntira oladigan olimlardir. Chunki ilm odamlar hayotini yaxshilamasa, siyosatni dalillar bilan boyitmasa va jamiyat tafakkurini yuksaltirmasa, uning haqiqiy qiymati to‘liq namoyon bo‘lmaydi.
Fan kommunikatsiyasi — bu ilm bilan jamiyat o‘rtasidagi eng muhim ko‘prikdir.


