94 kunlik yangi hikoyam

Ba’zan vaqt tushunchasi kunlar bilan emas, unikal tajriba va natijalar bilan o’lchanadi. Men uchun o’tgan 94 kun aynan shunday  bo’ldi.

30-martdan 26-iyungacha Kontent markazi tashkil etgan Media haftalik – shunchaki 150 yoshga to’layotgan O’zbek milliy jurnaljstikasi tarixidagi Birinchi mega loyihagina emas, balki dunyo standartlariga mos bilim, tajriba va insoniy-kasbiy aloqalarning ulkan maktabiga aylandi.

Ana shu 94 kun ichida:

Respublikamizning barcha hududlarini qamrab oldik. Samolyot, poyezd va avtomashinada minglab kilometr masofani bosib o’tdik.

‍‍‍12 000 dan ortiq ishtirokchi bilan yuzma-yuz uchrashdik.

️617 nafar matbuot kotibi, 79 ta axborot xizmati vakili bilan 3 kunlik seminarlar o’tkazdik.

️210 nafar bosma va elektron OAV vakillari, 700 nafar mahalliy bloger zamonaviy media ko’nikmalarini oshirish imkoniga ega bo’ldi.

198 nafar hududiy telekanal yangiliklar tayyorlovchisi, 167 nafar muxbir, 147 nafar tasvirchi, 117 nafar montajchi va 52 nafar jurnalist-resursyor uchun amaliy treninglar tashkil etdik.

Hujjatli film yo’nalishida 167 nafar muxbir, 147 nafar tasvirchi, 117 nafar montajchi va 52 nafar jurnalist malakasini oshirdi.

Raqamli media yo’nalishida esa 2800 nafar SMM mutaxassisi, 2800 nafar videograf, 2800 nafar yangi media vakili hamda 1500 nafar kontent yaratuvchisi bilan ishlash imkoniyati yaratildi.

Va bularning barchasi Toshkentda ulkan Media forum bilan yakunlandi.

Ammo eng katta raqamlar statistikada emas.

Aytmoqchi, bu 94 kun – media sohasida o’tayotgan 33 yillik umrimning eng jiddiy, eng shiddatli, chellenjlarga boy va misli ko’rilmagan intensiv qismi sifatida xotiramda qoldi. 

U menga yuzlab yangi tanishlar, minglab samimiy suhbatlar, o’nlab hududlarga safarlar va eng asosiysi — media sohasida yangi bilim va kompetensiyalar ulashish naqadar mas’uliyatli va sharafli vazifa ekanini yana bir bor his qildirdi.

Bu yo’lda birgalikda mehnat qilgan barcha hamkasblarimga, tashkilotchilarga va ishtirokchilarga chuqur minnatdorlik bildiraman.

94 kun tugadi. Ammo uning natijalari, saboqlari va ilhomi – hali uzoq yillar davom etadigan yangi hikoyalarning boshlanishi bo’lib qoladi.

Siz-chi, Media haftalikda ishtirok etdingizmi? Fikrlaringiz qanday?

#mediahaftalik2026 #mediaforum2026